Logo and Menu Spaser
Logo
 
   
   
   
  menu_bottom  
tepa abiturientlarga eslatma tepa2

O'zbekiston Respublikasi ta`lim   muassasalariga test o'tkazish tartibi to'g'risidagi Nizomga 1- ilova

ABITURIYENTGA ESLATMA !

Abituriyentga ta'lim muassasi komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  • ta'lim yo'nalishi, o'qitish tili va shakli ko'rsatilgan holdagi ariza;
  • o'rta yoki maxsus ma'lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  • pasportning nusxasi;
  • 3x4 sm hajidagi 6 ta fotosurat;
  • xalqaro va respublika miqyosidagi olimpiadalar, tanlov va musobaqa g'oliblariga tanlovsiz o'qishga kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasi;
  • muddatli harbiy xizmatni o'tagan va harbiy qismlarning tavsiyanomalariga ega bo'lgan abituriyentlar tegishli tavsiyanomani oliy ta'lim muassasalari qabul komissiyasiga 20 iyulgacha taqdim etadilar, keyin topshirilgan tavsiyanoma qabul qilinmaydi.


Maxsus sirtqi bo'limlarga faqat o'rta maxsus ma'lumotga va tegishli ta'lim turi bo'yicha kamida uch yil amaliy pedagogik stajga ega bo'lgan pedagog kadrlardan hujjatlar qabul qilinadi.

Maxsus sirtqi bo'limlarga kiruvchilardan mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan ko'chirmasi talab etiladi.

Abituriyent qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko'rsatadi.
Ko'rsatib o'tilgan hujjatlar mavjud bo'lganda, qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.

Abituriyent qaysi yozuvda (kirill yoki loin) o'qigan bo'lsa, shu yozuvda ariza yozadi va test topshiradi. Ariza abituriyentning test o'tkazish tartib va qoidalari bilan tanishganligi, oliy ma'lumotga ega yoki ega emasligi ko'rsatiladi. Abituriyentga hujjatlari hujjatlari qabul qilinganligi to'g'risida tilxat beriladi.
Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar («Ta'lim to'g'risida»gi qonun, 14- modda).

Test sinovi boshlanishidan 3 kun oldin abituriyent qabul komissiyasi tomonidan e'lon qilingan binolar va auditoriyalarning reja- chizmalarini diqqat bilan o'rganib, test topshiradigan binoning qayerda joylashganligi, auditoriyaning tartib raqami, qaysi qavatda ekanligi va boshqa kerakli ma'lumotlarni bilib oladi.
Abituriyentlar guruh tartib raqami ko'rsatilgan ruxsatnomani test boshlanishidan 3 kun oldin ta'lim muassasi qabul komissiyasidan oladi.

Kunduzgi, maxsus sirtqi ta'lim yo'nalishlari bo'yicha test sinovlari, «Qabul to'g'risidagi nizom»ga asosan, o'zbek, qoraqalpoq (Qoraqolrag'iston Respublikasida) va rus tillarida O'zbekiston Respublikasining barcha xududlarida 10* iyul va 1 avgust kuni bir vaqtda o'tkaziladi (*-  bilan ko'rsatilgan sana harbiy oliy ta'lim muassasalariga tegishli).
Test o'tkaziladigan kuni abituriyentlarni bino ichkarisiga kritish ertalab soat 7.30 da boshlanadi. Abituriyent binoga kirishda ruxsatnoma va pasportini shaxsan ko'rsatadi. Soat 8.00 dan boshlab abituriyentlar o'z guruhlari tartib raqami bilan bir xil raqamlangan auditoriyaga kiradilar.

Test sinovlariga mikrokalkulyator, lug'at, jadval, kitob, uyali telefon aloqa vositalari va shpargalkalarni olib kirish taqiqlanadi. 

Test sinovlari boshlangandan so'ng (8.30 dan keyin) abituriyent auditoriyaga kiritilmaydi.
Test sinovlariga kelmagan abituriyentlar uchun qo'shimcha test sinovlari o'tkazilmaydi.
Abituriyent test sinovlarini ta'lim muassasida o'qiydigan tilda va yozuvda (kirill, lotin) topshiradi.

Test vaqtida abituriyentlarga quyidagi talablar qo'yiladi:
savollar kitobi va javoblar varag'ini olgandan so'ng savollar kitobini javoblar varag'ini  variant bilan savollar kitobi varianti mosligini  sinchiklab tekshirib chiqadi.Unda  fanlar bo'yicha test savollarida tipografik xato yoki boshqa sabablarga ko'ra to'la nashr qilinmagan o'rinlar yoki betlar bo'lsa, darxol auditoriya raxbariga xabar beradi va nuqsonsiz test savollari kitobi hamda javoblar varag'ini oladi (agar abituriyent soat 9.00 gacha savollar kitobidagi nuqsonlar haqida auditoriya rahbariga abar bermasa, uning murojaati qabul qilinmaydi). Savollar kitobining tegishli joyiga o'z familiyasi, ismi va sharifini yozib, imzo qo'yadi. Shundan so'ng abituriyent javoblar varag'ining «Abituriyentlar diqqatiga» qismini o'qib chiqadi.

Javoblar varag'ini to'ldirishda faqat ko'k (xavorang) pastali sharikli ruchkadan foydalanadi. Flomaster va siyohli avtoruchkadan foydalanish man etiladi.

Abituriyent o'z haqidagi ma'lumotlarni javoblar varag'ining tegishli qismiga titul varag'idan ko'chiradi va imzo qo'yadi.
Javoblar varag'i raqamini titul varag'idagi va ruxsatnomasidagi mos kataklarga ko'chirib yozadi.

Maxsus kod, tugatgan maktabi joylashgan viloyat, tuman, shahar tumani kodlari, maktab (lisey, kollej) nomeri, o'quv yurti va ixtisoslik kodlarini javoblar varag'ining mos joylariga titul varag'idan ko'chiradi va doirachalarni mos ravishda bo'yaydi.

Har bir fanning o'z joyiga belgilanishiga e'tibor beradi. Chet tili bo'yicha test topshirayotgan abituriyent mos kelgan tilga tegishli doirachani bo'yashi shart.

Har bir test savoliga faqat bitta javob belgilanadi. Agar bitta savolga ikki yoki undan ko'p javob belgilansa, ushbu savolga ball berilmaydi.

Javoblarni tanlash uchun 108 ta savolga 3 soat, 72 ta savolga 2 soat vaqt ajratiladi.
Javoblarni tanlash- ixtiyoriy. Abituriyent o'zi tanlagan javoblarni javoblar varag'ining tegishli blokiga mos ravishda ko'chiradi. Javoblar varag'iga ko'chirish uchun testga ajratilgan vaqtdan tashqari 20 daqiqa vaqt beriladi.
To'ldirilgan javoblar varag'i abituriyentning bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjatdir.

Javoblar varag'ining to'g'ri to'ldirilishi uchun abituriyent shaxsan javobgardir.
Javoblar varag'ida tegishli doirachalarni noto'g'ri belgilagan, javoblar varag'ini almashtirgan va fan bloklari o'rnini almashtirib bo'yagan va javoblar varag'ining tegishli bloklarida familiyasi, ismi va sharifi, o'quv yurti nomi, ixtisosligini yozmagan hamda imzo qo'ymagan, titul varag'iga javoblar varag'i raqamlarini yozmagan yoki undagi raqamlarni bo'yagan abituriyentning e'tirozi ko'rib chiqilmaydi.

Test paytida, test materiaalarin topshirmagan abituriyentning auditoriyadan chiqishi ta'qiqlanadi. Auditoriyadan chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qo'yilmaydi.

Test davomida abituriyentlarning bir- birlari bilan gaplashishi, javoblarni bir- biriga ko'rsatishi, test materiallarini boshqalarga uzatishi, mikrokalkulyator, lug'at, jadval, kitoblardan, uyali telefon aloqa vositalari va shpargalkalardan foydalanishi, test hujjatlaridan nusxa ko'chirish va boshqalarga yordam berishi taqiqlanadi. 

Abituriyent mazkur qoidalarga rioya qilmasa, u test sinovlarini o'tkazish tartibini qo'pol ravishda buzgan hisoblanadi va dalolatnoma tuzilib, sinovdan chetlashtiriladi.

Test sinovini belgilangan muddatdan oldin tugatgan abituriyent savollar kitobi, javoblar varag'i va titul vrag'ini auditoriya rahbariga topshiradi, abituriyentlar ro'yxatidagi o'z familiyasi to'g'risiga javoblar varag'i raqami va variant raqamini, testni tugatgan vaqtini yozib imzo qo'yadi, pasporti va ruxsatnomasi bilan auditoriyadan chiqib ketadi.
Test uchun ajratilgan vaqt tugagach auditoriya rahbari bu xaqda e'lon qiladi. Abituriyentlar tartib bilan savollar kitobi, javoblar varag'i va titul varag'ini navbat bilan auditoriya rahbariga topshirib, abituriyentlar ro'yxatidagi o'z familiyalari to'g'risiga javoblar varag'i raqami va variant raqamini, testni tugatgan vaqtini yozib, imzo qo'yadilar, pasporti va ruxsatnomasi bilan auditoriyadan chiqib ketadilar.

Auditoriya rahbari va kuzatuvchi test materiallarini sanab qutiga joylashtiradi va qutiga ikki abituriyent ham shaklda belgilangan joyga imzo qo'yadi.

Abituriyent javoblar varag'ining tegishli joyini bo'yash bilan auditoriyadagi test jarayonining borishiga o'z fikrini bildirishi mumkin.

O'tkazilgan test sinovlari bo'yicha hamda fanlar bo'yicha test savoliga e'tirozi bo'lgan abituriyentlarning murojaatlarini ko'rib chiqish maqsadida DTMda murojaatlarni ko'rish komissiyasi (keyingi o'rinlarda- Komissiya) tashkil etiladi.
Komissiya tarkibiga DTMning mas'ul xodimlari va fanlar bo'yicha ekspertlar kiritiladi.

Komissiyaning tarkibi DTM direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Test savoliga e'tiroz arizalari komissiya tomonidan test natijalari e'lon qilingan kundan boshlab bir oy davomida ko'rib chiqiladi.

Test savoliga e'tiroz bo'yicha arizalar abituriyent ishtirokida ko'rib chiqiladi. Ko'rib chiqish jarayonida abituriyentning ota- onasi ham, shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko'rsatgan holda, qatnashishga xaqli. Abituriyent Komissiyaga pasporti va ruxsatnomasi bilan belgilangan kuni kelishi shart.
Arizasini ko'rib chiqish jarayonida abituriyentga uning javoblar varag'i ko'rsatiladi va unga test sinovida yo'l qo'yilgan noto'g'ri javoblar ro'yxati bilan birgalikda testda tushgan savollar kitobi nusxasi joyida ko'rib chiqish uchun beriladi.
Murojaatni ko'rib chiqish natijasi bo'yicha bayonnoma tuziladi va Komissiya a'zolari hamda abituriyent tomonidan imzolanadi.

Komissiya xulosasi to'g'risidagi ma'lumot O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasiga taqdim etiladi.

Abituriyent o'z huquqlarini himoya qilishni so'rab boshqa idoralarga murojaat qilishga haqli.

Test vaqtida abiturientlarga quyidagi talablar qo`yiladi:

savollar kitobi va javoblar varag`ini olgandan so`ng, javoblar varag`i varianti bilan savollar kitobi varianti mosligini har bir fan bo`yicha sinchiklab tekshirib chiqadi. Savollar kitobining fanlar bo`yicha test topshiriqlarida tipografik xato yoki boshqa sabablarga ko`ra to`la nashr qilinmagan o`rinlar yoki betlar va shunga o`xshash xatolar bo`lsa, darhol auditoriya rahbariga xabar beradi va nuqsonsiz test savollari kitobi hamda javoblar varag`ini oladi (agar abiturient soat 9.00 gacha savollar kitobidagi nuqsonlar haqida auditoriya rahbariga xabar bermasa, uning murojaati qabul qilinmaydi). Savollar kitobining tegishli joyiga o`z familiyasi, ismi va otasining ismini yozib, imzo qo`yadi. Abiturient savollar kitobi va javoblar varag`ining “Abiturientlar diqqatiga” qismini o`qib chiqishi va belgilangan qoidalarni bajarishi shart.

Javoblar varag`ini to`ldirishda abiturient faqat ko`k (havorang) pastali sharikli ruchkadan foydalanadi. Flomaster, siyohli avtoruchka va gelli ruchkalardan foydalanish man etiladi.

Abiturient o`zi haqidagi ma'lumotlarni javoblar varag`ining tegishli qismiga titul varag`idan ko`chirib yozadi va imzo qo`yadi.

Javoblar varag`i raqamini titul varag`i va ruxsatnomasidagi mos kataklarga ko`chirib yozadi.

Pasporti seriyasi va raqamini, maxsus kodini, ta'lim muassasasi kodini va tanlov kodini javoblar varag`ining mos joylariga titul varag`idan ko`chiradi va doirachalarni mos ravishda bo`yaydi.

Titul varag`i va ruxsatnomasiga auditoriya rahbari va kuzatuvchilarini familiyasi, ismi va otasining ismini yozuv taxtasidan (doska) ko`chirib yozadi.

Har bir fan bo`yicha javoblarni mos ravishda o`z joyiga belgilaydi. Chet tili bo`yicha test topshirayotgan abiturient mos kelgan tilga tegishli doirachani bo`yashi shart.

Har bir test topshirig`iga faqat bitta javob belgilanadi. Agar bitta topshiriqqa ikki yoki undan ko`p javob belgilansa, ushbu topshiriqqa ball berilmaydi.

Javoblarni tanlash uchun 108 ta savolga 3 soat, 72 ta savolga 2 soat vaqt beriladi.

Javoblarni tanlash - ixtiyoriy. Abiturient o`zi tanlagan javoblarini javoblar varag`ining tegishli blokiga mos ravishda ko`chiradi. Buning uchun testga ajratilgan vaqtdan tashqari 20 daqiqa vaqt beriladi.

To`ldirilgan javoblar varag`i abiturientning bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjatdir.

Javoblar varag`ining to`g`ri to`ldirilishi uchun abiturient shaxsan javobgardir.

Javoblar varag`ida tegishli doirachalarni noto`g`ri belgilagan, javoblar varag`ini almashtirgan, fan bloklari o`rnini almashtirib bo`yagan, javoblar varag`ining tegishli bloklarida familiyasi, ismi va otasining ismi, ta'lim muassasasi kodi, maxsus kodi, tanlov kodi, pasport seriyasi va raqamini yozmagan hamda imzo qo`ymagan, titul varag`iga javoblar varag`i raqamlarini yozmagan yoki undagi raqamlarni bo`yagan abiturientlarning e'tirozi ko`rib chiqilmaydi.

Test sinovi tugagunga qadar abiturientlarning auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi. Auditoriyadan chiqqan abiturientlar qaytadan test sinovlariga qo`yilmaydi.

Test sinovlariga abiturient mikrokalkulyator, lug`at, jadval, kitob, uyali telefon, aloqa vositalari va shpargalkalar olib kirgan bo`lsa, test jarayoni davomida test materiallarini boshqa abiturientga uzatsa, abiturientlarga yordam bersa va shu kabi salbiy hollarda abiturient test sinovlarini o`tkazish tartibini buzgan hisoblanadi va dalolatnoma tuzilib, u test sinovidan chetlashtiriladi.

Test sinovini belgilangan muddatdan oldin tugatgan abiturient savollar kitobi, javoblar varag`i va titul varag`ini auditoriya rahbariga topshiradi, abiturientlar ro`yxatidagi o`z familiyasi to`g`risiga testni tugatgan vaqtini yozadi va o`z joyiga borib o`tiradi. Agar u boshqa abiturientlarga yordam bersa yoki ularning ishlashiga xalaqit bersa, unga ham test sinovidan chetlashtirish haqida dalolatnoma tuziladi va dalolatnoma javoblar varag`iga yelimlanadi.

Abiturientlar auditoriyada test sinovlarini topshirish qoidalari buzilganligi to`g`risida auditoriya rahbari va kuzatuvchisiga murojaat qilishlari mumkin.

Abiturient tomonidan savollar kitobi varag`i yirtib olinganligi aniqlansa, test sinovlarini topshirish qoidalari buzilgan hisoblanadi va test sinovidan chetlashtiriladi. Ushbu haqda dalolatnoma tuzilib, javoblar varag`iga yelimlanadi.

Test sinovidan chetlashtirilganlarning javoblar varag`i o`qilmaydi va unga ball berilmaydi.

Abiturient javoblar varag`ining tegishli joyini bo`yash bilan auditoriyadagi test jarayonining borishiga o`z fikrini bildirishi mumkin.

Test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so`ng (soat 12.20, 11.20**), auditoriya rahbari test sinovi tugaganligini rasman e'lon qiladi. Abiturientlarning barcha test materiallari: savollar kitobi, javoblar varag`i va titul varaqlarini auditoriya rahbari va kuzatuvchisi yig`ib oladi. Bu vaqtda hamma abiturient o`z joyida o`tiradi. Test materiallarini o`z vaqtida topshirmagan abiturientlar uchun belgilangan tartibda dalolatnoma tuziladi va uning javoblar varag`iga yelimlanadi.

Auditoriya rahbari va kuzatuvchisi test materiallarini sanab qutiga joylashtiradi va qutidagi shaklda belgilangan joyga ikki abiturient ham imzo qo`yadi.

O`tkazilgan test sinovlari bo`yicha fuqarolarning murojaatlarini ko`rib chiqish maqsadida Davlat test markazida murojaatlarni ko`rish komissiyasi (keyingi o`rinlarda - Komissiya) tashkil etiladi.

Komissiya tarkibiga Davlat test markazining mas'ul xodimlari va fanlar bo`yicha ekspertlari kiritiladi. Komissiyaning tarkibi Davlat test markazi direktori tomonidan tasdiqlanadi.

Murojaat etuvchi test javoblari e'lon qilingan kundan boshlab bir oy davomida Komissiyaga yozma ravishda murojaat qilishi mumkin. Uning arizasi ro`yxatga olingan kundan boshlab 10 kun ichida ko`rib chiqilishi lozim.(harbiy ta'lim muassasalari abiturientlarining e'tirozlari ham ta'lim muassasa-larining abiturientlari e'tirozlari bilan bir vaqtda ko`riladi)

Ariza murojaat etuvchi ishtirokida ko`rib chiqiladi. Ko`rib chiqish jarayonida murojaat etuvchining ota-onasidan biri shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ko`rsatgan holda qatnashishga haqli. Murojaat etuvchi komissiyaga pasporti va ruxsatnomasi bilan belgilangan kuni kelishi shart.

Arizani ko`rib chiqish jarayonida murojaat etuvchiga uning javoblar varag`i ko`rsatiladi va unga test sinovida yo`l qo`ygan notug`ri javoblari ro`yxati bilan birgalikda testda tushgan savollar kitobining nusxasi beriladi.

Murojaatni ko`rib chiqish natijasi bo`yicha bayonnoma tuziladi va Komissiya a'zolari hamda murojaat etuvchi tomonidan imzolanadi.

Komissiya xulosasi bo`yicha ma'lumot O`zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasiga taqdim etiladi.

Murojaat etuvchi o`z huquqlarini himoya qilishni so`rab boshqa davlat idoralariga murojaat qilishga haqli.

 

past pp past2
 
Copyright copySpaser
NamSU.Uz ABITURIENT.NAMSU.UZ www.mrmelhay.narod.ru