|
Namangan davlat universiteti 2009-2010 o'quv yili uchun bakalavriat yo`nalishlari va magistratura mutahassisliklari bo`yicha qabul e'lon qiladi.
Universitet ma'muriyati va barcha jamoa a'zolari Sizlarga Oliy ta'lim muassasalariga kirib o'qishday ezgu niyatingiz amalga oshishida omad tilaydi.
Joriy yilning 20 iyunidan boshlab o'qishga kirish bo'yicha abiturientlardan xujjat qabul qilish boshlandi.
Abiturientlar topshiradigan hujjatlar ro'yxati
- Universitet rektori nomiga ariza.
- O'rta yoki o'rta maxsus ma`lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi.
- 086-U shakl bo'yicha tibbiy ma`lumotnoma.
- Pasportning nusxasi.
- 3 x 4 sm hajmdagi 6 dona fotosurat.
- Pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorlik xaqidagi xujjat shaxsan ko'rsatiladi.
• Tanlovdan tashqari o'qishga kirish huquqiga ega bo'lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalari g'oliblari asl nusxadagi tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.
• Harbiy xizmatni o'tagan fuqarolarga o'qishga kirishda imtiyozlar beradigan harbiy qismlar qo'mondonligi tavsiyanomalari (asl nusxasi) yuqorida ko'rsatilgan hujjatlar bilan birgalikda 20 iyulgacha (shu kuni ham) topshiriladi.
• Nogiron abiturientlar nogironlik turi, guruhi, hujjat nusxasini, chin yetim abiturientlar ota-ona vafoti haqida FXDYO ma`lumotnomasi nusxasini, boquvchisini yo'qotgan abiturientlar ota vafoti haqida FXDYO ma`lumotnomasi nusxasini, ota-ona qarovisiz qolgan abiturientlar bolalar uyi ma`lumotnomasini ilova qiladilar.
Universitet manzili: Namangan viloyati, Namangan shahri, Uychi ko'chasi, 316-uy.
Telefonlar: (8-369) 226-55-01 - Rektor qabulxonasi, 226-40-47 - Qabul komissiyasi mas'ul kotibi.
E-mail: 309_namdu@mail.ru
|